17:15 / 22.10.2020
688

Yashirilgan zargarlik buyumlari «yashil» yo‘lakdan o‘tolmadi

Yashirilgan zargarlik buyumlari «yashil» yo‘lakdan o‘tolmadi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan ikki nafar fuqaro F.Sh. va X.M. larning qo‘l yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuklar orasida jismoniy shaxslar uchun bojxona to‘lovlarisiz olib o‘tish me’yoridan ortiq bo‘lgan va bojxona nazoratidan yashirilgan, kumushdan yasalgan og‘irligi 1240 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)