17:40 / 22.10.2020
540

113 million so‘mlik tibbiy buyumlar va virus blokatorlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

113 million so‘mlik tibbiy buyumlar va virus blokatorlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda dori-darmon vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro S.B. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtomashinada umumiy qiymati 113 million so‘mlik, sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalari va virusga qarshi blokatorlar borligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)