date
views 1 988

DXX Markaziy devonida «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi

DXX Markaziy devonida «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi
Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda ona tilimiz, ayniqsa, so‘nggi uch yilda mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida - davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Markaziy devonida tashkil etilgan «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostidagi ma’naviy-madaniy tadbirda ayni jihatlarga urg‘u berildi.

Unda taniqli shoir, yozuvchi, aktyorlar hamda DXX Chegara qo‘shinlarining «Sarhad» guruhi qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan til – millatning ruhi ekanligiga e’tibor qaratilib, ona tili har bir davlatning madhiyasi, bayrog‘i va gerbi kabi mamlakat mustaqilligini belgilovchi mezonlardan biri ekani qayd etildi. Ishtirokchilar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar va g‘azallar o‘qildi.

Bayram davomida DXX ansambli xonandalari tomonidan kuylangan o‘zbek tilini ulug‘lovchi taronalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Markaziy devonida «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o‘tkazildi