Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva O‘zbekistonda COVID-19 bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilayotganini ma’lum qildi.
«COVID-19 bu — yangi infeksiya. Organizmda bu virusga qarshi antitana ishlab chiqariladi. Ammo antitanalar qanchalik chidamli, qayta zararlanish mumkinmi va bu holat qancha muddat davomida yuz berishi aniq emas. Bugungi kunda respublikamizda koronavirus bilan qayta zararlanish holatlari ham mavjud. Biz qayta zararlanish holatlari kuzatilishi mumkinligiga ilmiy tomonlama amin bo‘lishimiz lozim», — deydi Nargiza Nurullayeva.
Sentabr oxirlarida O‘zbekistonning bosh sanitar inspektori va Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi bilan qaytadan kasallanish masalasida aholi tomonidan berilayotgan savollarga javob qaytarib, «bu epidemik mavsumda COVID-19 bilan qayta kasallanish ehtimoli yo‘q»ligini aytgandi.
O‘shanda Otabekov dunyoda COVID-19 yoppasiga qaytadan hammada qayd etilishi to‘g‘risida bironta ham asoslangan ilmiy ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagandi.
Shuningdek, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasining bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova ham avgust oyining boshlarida O‘zbekistonda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlarning qayta kasallanishi holatlari kuzatilmaganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi