Aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinani to‘xtatib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirishdi.
Natijada, avtomashina yukxonasida unda yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan fuqaro T.M.ga tegishli bo‘lgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari hamda aksiz markalari bo‘lmagan umumiy qiymati 60,5 million so‘mlik 5500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Dollar kursi yana «sakradi»