09:49 / 25.10.2020
5 390

Baxtli turmush qurish uchun ideal yosh ma’lum qilindi

Baxtli turmush qurish uchun ideal yosh ma’lum qilindi
Foto: Pixabay
Amerikalik sotsiologlar qaysi yoshda oila qurish eng yaxshi ekanligini ma’lum qildi. Ushbu davrda oila qurgan odamlarda boshqalarga qaraganda kamroq ajrashish holatlari kuzatiladi, deb xabar beradi Marriage.

Mutaxassislarning hisoblashicha, oila qurish uchun eng optimal yosh — bu 28-32 yosh oralig‘i.

«Umrning ushbu bosqichida nimani qidirayotganingiz bo‘yicha tajribaga ega bo‘lasiz, shuningdek, sizda oiladagi kunlik yumushlarni bajarishga energiyangiz ham yetadi. O‘z sohangizda professionalga aylanib ulgurasiz, bu esa moliyaviy jihatdan qayg‘urmaslikni ta’minlaydi», — deydi sotsiologlar.

Agarda juftlik erta turmush qursa, ularga yoshlarga xos maksimalizm va hayotiy tajribaning yo‘qligi xalaqit berishi mumkin. Keyinroq oila qurilsa, turli odatlar va o‘zini qurbon qilishga yoki murosaga kelishga tayyor emaslik oilaning sifati va davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baxtli turmush qurish uchun ideal yosh ma’lum qilindi