date

“Omad kulganda” lotereyasi yutuqlarining topshirilish tartibi ma’lum qilindi

“Omad kulganda” lotereyasi yutuqlarining topshirilish tartibi ma’lum qilindi

2015 yilning 10 fevral kunida Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat – tijorat Xalq bankining “Omad kulganda” tirajli, pul–buyum yutuqli lotereyasining yutuqlari o‘z egalariga qay tartibda topshirilishi bo‘yicha xabar berildi.

Yutuqlar tirajining rasmiy jadvali “Xalq so‘zi” ro‘znomasining joriy yil 13 fevral kunidagi sonida chop etilgan. Shuningdek, yutuqlar tiraji rasmiy jadvali Xalq bankining rasmiy saytida ham joylashtiriladi.

“Siz o‘z lotereya biletlaringizni mazkur ikki manba orqali tekshirib olishingiz mumkin bo‘ladi”, deyiladi xb.uz saytida.

Miqdori 500 000 (besh yuz ming) so‘mgacha bo‘lgan pul yutuqlari bankning istalgan filialida, 500 000 (besh yuz ming) so‘m va undan ortiq miqdordagi pul yutuqlari esa bank markaziy apparatining “Lotereyalarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi”da ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, lotereya bileti ekpertizaga topshirilgan filialda to‘lab beriladi.

Avtomobil yutug‘i chiqqan lotereya biletlari bo‘yicha yutuqlar, yutuq egalarining turar joyi bo‘yicha joylashgan Xalq banki filialida (qulaylik uchun) ekspertizaga qabul qilinadi va lotereya bileti ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng, Xalq bankining Toshkent shahar, Amur Temur shoh ko‘chasi, 3–uy manzilida joylashgan Bosh amaliyotlar boshqarmasida egalariga topshiriladi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » “Omad kulganda” lotereyasi yutuqlarining topshirilish tartibi ma’lum qilindi