Aholining kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji oshib, sovuq kunlarda chekka qishloqlarda ko‘mir mahsulotidan keng foydalaniladi. Ko‘mirni aholiga, ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berish, narxi oshib ketmasligini nazorat qilish bo‘yicha davlat organlari faoliyat olib bormoqda.
Biroq, ko‘mir yetkazib berishga mas’ul bo‘lgan ayrim shaxslar o‘z manfaatini o‘ylaydi. DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda “O‘zbekko‘mir” AJ “Qashqadaryo ko‘mir yetkazuvchi” filialiga qarashli Shahrisabz ko‘mir omborida o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida, Shahrisabz ko‘mir ombori mudiri “T.H” budjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berilishi uchun Angren shahridan keltirilgan ko‘mir mahsulotini salkam 80 tonnasini hech qanday hujjatsiz Shahrisabz shahrida joylashgan “Land zaytun” xususiy korxonasi omborxonasiga yetkazib bergani aniqlandi. Shu yo‘l bilan 23 mln. so‘mdan oshiq ko‘mir mahsuloti talon-toroj qilingan.
Bundan tashqari, tekshiruv davomida “O‘zko‘mir” AJ “Qashqadaryo ko‘mir yetkazuvchi” filialiga qarashli ko‘mir omboridan, ijtimoiy soha ob’ektlari uchun joriy yilning sentabr oyi mobaynida yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotlarining tarqatilishi va haqiqatda mavjudligi o‘rganilganda, Shahrisabz ko‘mir ombori mudiri “T.H”ning javobgarligida 1286,6 tonna ko‘mir qoldig‘i mavjud bo‘lib, ushbu hisobotdagi qoldiq bilan o‘lchovdagi qoldiq taqqoslanganda 24,1 tonna, jami 30 mln. 984 ming so‘mlik ko‘mir mahsuloti talon-toroj qilingani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan “T.H”ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ostonada qish eshik qoqmoqda. Shunday bir paytda ijtimoiy soha ob’ektlari uchun ajratilgan ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilish, ya’ni ko‘pchilikni issiqlik energiyasidan mahrum qilish insofdan emas. Qolaversa, bu qonunga zid hisoblanidi. Bunday xatti-harakatlar jazosiz qolmaydi albatta. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?