11:53 / 30.10.2020
3 018

Sobiq Turkuaz’ni sotib olishga tayyor nomzod paydo bo‘ldi

Sobiq Turkuaz’ni sotib olishga tayyor nomzod paydo bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan davlat korxonalarini transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha choralar belgilangani xabar berilgan edi. Spot’ning yozishicha, xususiylashtiriladigan korxonalar orasida GUM va Turkuaz nomi bilan tanilgan «Toshkent Savdo Markazi» ham bor.

May oyida E-auksion saytida tegishli lot paydo bo‘lgan bo‘lib, unda boshlang‘ich narxi 303,5 milliard so‘m deb ko‘rsatilgan. Oradan uch oydan ortiq vaqt o‘tgach unga talabnomalarning kamligi tufayli majmua narxi 30 milliard so‘mga — 273,1 milliard so‘mgacha tushirildi.

Shundan so‘ng sentabr oyi oxirida o‘tkazilgan kimoshdi savdosida bir investor — Buyuk Eko Savdo MCHJdan ariza qabul qilindi (2019 yilda tashkil etilgan, yog‘och va qurilish materiallari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi).

«Taklif faqat bitta ishtirokchidan tushganligi sababli, kimoshdi savdosi to‘g‘risida yakuniy qaror Davlat tender komissiyasining qarori asosida qabul qilinadi. Hozir zarur hujjatlar tayyorlanmoqda», — deb ma’lum qilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

«Toshkent Savdo Markazi» — butun ish faoliyat tarixidagi eng yirik va eng qimmat lotlardan biri. Ushbu savdo markazi maydoni 3,9 gektarni tashkil etadi. Bino maydoni esa 40,7 ming kvadrat metr. Bino dastlab Davlat universal do‘koni (GUM) sifatida qurilgan. 2000 yillarning boshidan 2011 yilgacha Turkuaz do‘koni shu yerda joylashgan.

2011 yilda Turkuaz yopilgan, turkiyalik tadbirkorlar mamlakatdan chiqarib yuborildi. Hukumat bunga bir qancha qonunbuzarliklar sodir etilganini sabab qilib ko‘rsatgan. Turkiyalik tadbirkorlar 2012 yil aprelida musodara qilingan mol-mulkni qaytarib berish talabi bilan xalqaro arbitrajga murojaat qilgan. Turkuaz ishi hali ham davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq Turkuaz’ni sotib olishga tayyor nomzod paydo bo‘ldi