13:43 / 01.11.2020
1 756

Mutaxassis nega ayrimlarda hid va ta’m bilish kech tiklanishini tushuntirdi

Mutaxassis nega ayrimlarda hid va ta’m bilish kech tiklanishini tushuntirdi
Foto:«Getty Images»
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.

- Men koronavirusdan tuzaldim va o‘zimni yaxshi his qilyapman. Qachon yana hid va ta’m bilishni boshlayman? Ko‘pchilik tanishlarimda shunday muammo kuzatilyapti.

- Hid va ta’m bilish xususiyati qachon qaytishi borasida aniq javob yo‘q. Bu hammada har xil kechuvchi jarayon. COVID-19da virus asab tizimi, jumladan, uning hid va ta’m bilishga javob beruvchi qismiga ta’sir qiladi.

Ba’zi bemorlarda hid va ta’m hissi juda tez qaytadi, ba’zilarda esa tuzalishdan bir necha oy o‘tib ham qaytgani yo‘q. Bundan tashqari ayrim bemorlar noxush hid va ta’mlarning paydo bo‘lganini bildirishmoqda. Shunday ekan, shikastlangan asab hujayralari tiklangunga qadar kutish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis nega ayrimlarda hid va ta’m bilish kech tiklanishini tushuntirdi