2 024
Andijon viloyati hokimi majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni joriy etish taklifini bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Andijon viloyati tibbiyot tizimida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hokim Shuhrat Abdurahmonov ham so‘z olgan.
U o‘z so‘zida viloyatda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash borasidagi ishlar yuzasidan hisobot berar ekan, prezidentga bir qator takliflarini ham bildirgan.
«Hurmatli prezident, hozir biz tibbiyot tizimidagi kvotalarni o‘zimiz belgilay olmaymiz. Viloyatda kadrlar qayerga kerakligini biz hokimlar yaxshi bilamiz. Shuning uchun, vazirimiz bilan kelishgan holda (Sog‘liqni saqlash vaziri nazarda tutilmoqda – tahr) kvotalarni ham sharoitdan kelib chiqqan holda o‘zimiz belgilasak.
Ikkinchi taklifim: odamlarimiz hozir sog‘lig‘iga juda befarq. Ular ahvoli og‘irlashib yiqilmaguncha tibbiy tekshiruvlarga bormaydi. Shuning uchun, o‘ylashimcha, fuqarolarga tibbiy tekshiruvlardan o‘tishni majburiy qilish kerak. Shu tizimni ruxsat bersangiz, Andijon viloyatida tajriba qilib ko‘rsak», degan hokim.
Prezident Mirziyoyev o‘z o‘rnida bu takliflar bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri tez orada viloyatga borishi, barcha masalalar shundan keyin kelishilgan holda, jumladan, Xalq deputatlari viloyat kengashi qarori bilan amalga oshirilishini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi