Bosh prokuraturada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruzasini nemis davlat arbobi Bismarkning «Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo‘ladi. Ammo amaldor yomon bo‘lsa, eng yaxshi qonunlar ham yordam bermaydi», degan iqtibosi bilan boshladi.
So‘ng esa korrupsiya holatlari bo‘yicha aniq faktlarga o‘tildi.
Qayd etilishicha, respublikamizda o‘tgan ikki yilda 1.986 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trln. so‘mdan oshgan.
Yig‘ilishda prokuraturaning nazorat tadbirlari hamda tergov natijalari tahlili asosida korrupsiya eng ko‘p uchrayotgan sohalar, vazirlik va idoralar kesimida aniq misollar va raqamlarda ko‘rsatib berildi.
Iqtisodiy sohadagi korrupsiyaviy holatlar asosan budjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida sodir etilayotanligi ta’kidlandi.
O‘tgan ikki yilda respublika bo‘yicha 371 mlrd. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlanib, bu qilmishlar uchun 2.477 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi