10:45 / 11.11.2020
1 538

«Haj» va «Umra» ziyoratini tashkil etish bo‘yicha yangi tartib joriy qilinishi mumkin

«Haj» va «Umra» ziyoratini tashkil etish bo‘yicha yangi tartib joriy qilinishi mumkin
Foto: «Xushnudbek.uz»
O‘zbekistonda Haj va Umra ziyoratini tashkil etish faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishini ko‘zda tutuvchi tartib joriy qilinishi mumkin. Bu haqda bloger Xushnud Xudoyberdiyev xabar berdi.

Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi «Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 364-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda O‘zbekistonda boshqa tashkilotlarning Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilmoqda.

Qarorning amaldagi tahririda O‘zbekiston Musulmonlari idorasidan boshqa tashkilotlarning Haj va Umra tadbirlarini tashkil etishiga rasmiy taqiq belgilanmagan.

«Kun.uz»ning yozishicha, ushbu loyiha bilan batafsil tanishish maqsadida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalidan amalga oshirgan qidiruvlar natija bermagan. «Loyiha ushbu platformaga joylanmay, «yopiq eshiklar ortida» qabul qilinib ketishi ehtimoli mavjud», — deyiladi nashr xabarida.

Jamoatchilik muhokamasiga e’lon qilingan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni loyihasining 15-moddasida (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning diniy sohadagi vakolatlari) qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi ziyorat joylariga borishini, shu jumladan, Haj va Umra ibodatini amalga oshirishni tashkil qiladi, degan qoida aks etgan. Amaldagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda qo‘mitaga bunday vakolat berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Haj» va «Umra» ziyoratini tashkil etish bo‘yicha yangi tartib joriy qilinishi mumkin