20:20 / 12.11.2020
1 822

Cifati kafolatlanmagan dori-darmonlar to‘xtatib qolindi

Cifati kafolatlanmagan dori-darmonlar to‘xtatib qolindi
Pandemiya davrida aholining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyoji ortishidan foydalanib, noqonuniy daromad orttirishga urinayotgan shaxslarning qing‘ir rejalariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Chilonzor tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqarolar I.M. va S.I. xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 105 million so‘mlik 6000 dona “Gracide-S 1,5g” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 10 100 AQSH dollari evaziga sotayogan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro N.D. xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 166,5 million so‘mlik jami 4500 dona “Baktazon 1,5 g.” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 10 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cifati kafolatlanmagan dori-darmonlar to‘xtatib qolindi