Foto: «Zen.yandex.ru»
Har kuni zaytun yog‘ini iste’mol qilish orqali kognitiv funksiyalarni sezilarli darajada yaxshilashga erishish mumkin. Bu haqda Salonikidagi Arastu universiteti va Gretsiyadagi Alsgeymer kasalligi va u bilan bog‘liq buzilishlar assotsiatsiyasi olimlari ma’lum qilishdi. Ularning maqolasi «Journal of Alzheimerʼs Disease»da chop etildi.
Tadqiqotchilar bir yil davomida uchta guruhdagi odamlarni kuzatishib, ularning taomnomasini taqqoslab borishdi. Birinchi guruh O‘rta yer dengizi sog‘lom parheziga amal qilishdi. Ikkinchi guruh muntazam ravishda toza zaytun yog‘ini iste’mol qilishdi (kuniga 50 ml). Uchinchi guruh tarkibida polifenol bo‘lgan zaytun yog‘ini qabul qilishdi (kuniga 50 ml).
Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lishicha, taomnomasiga zaytun yog‘i kiritilgan ikkinchi va uchinchi guruhdagi odamlarda Alsgeymer markerlari yaxshilanishi kuzatilgan. Birinchi guruhdagi tadqiqot ishtirokchilarining ko‘rsatkichlari esa o‘zgarmay qolgan yoki yomonlashgan.
Tadqiqotni o‘tkazgandan so‘ng olimlar tarkibida polifenol ko‘p bo‘lgan zaytun yog‘i Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichi hisoblanmish yengil kognitiv buzilishdan qiynalayotgan keksa yoshdagi kishilar uchun terapevtik vosita hisoblanadi, degan xulosaga kelishdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi