Foto: RIA Novosti
Kasallik va antibiotiklarni qabul qilgandan keyin greypfrut, alkogol, xamirturush va shakar iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, dedi diyetolog Anna Ivashkevich «Argumenti i fakti»ga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, ba’zi dorilar ichak mikroflorasini buzishi mumkin.
«Ushbu mahsulotlar, birinchi navbatda, antibiotiklarni to‘g‘ri singdirilishiga xalaqit beradi, shuningdek ko‘ngil aynish, qorin og‘rig‘i va hatto yurak ritmini buzishi mumkin», deb ogohlantirdi shifokor.
Mutaxassis, shuningdek, antibiotiklarning o‘zi kandidozni qo‘zg‘atishi mumkinligini va shirinliklar hamda xamirli mahsulotlardan foydalanish kasallikni yanada kuchaytirishi mumkinligini esladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, probiotiklarga boy ovqatlar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi. Mutaxassis tuzlangan karamni bunday mahsulotlar orasida chempion deb atadi. Bundan tashqari, ismaloq, donli yormalar, tabiiy yogurt, kefir, meva va sabzavotlar, bryussel karami, petrushka va chakanda mevalari foydali bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi