Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasida 10 ming o‘rinli masjid quriladi. Bu haqda qurilish vaziri Botir Zokirov «O‘zbekiston 24» telekanali efirida aytgan. Vazirlik vakillari loyihani prezident Shavkat Mirziyoyevga topshirishgan. Zokirovning aytishicha, bu to‘rtinchi taqdimot bo‘lgan va prezident tomonidan loyihani boshlash bo‘yicha topshiriq berilgan.
Qurilish vazirining so‘zlariga ko‘ra, majmuada atrofi milliy usuldagi ayvonlar bilan o‘ralgan 10 ming o‘rinli masjid quriladi. Vazirlik masjid va uning atrofidagi qurilish ishlarini boshlash bo‘yicha ko‘rsatma olgan.
Payariq tumani hududida joylashgan Imom Buxoriy majmuasi hududida hozir ham masjid faoliyat olib boradi. Loyihaga ko‘ra, ana shu masjid o‘rnida kattarog‘i quriladi. Shuningdek, majmuaning o‘zi ham qaytadan barpo etiladi. Ayni damda majmuaning yonida Imom Buxoriy nomidagi hadis maktabi ham faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, Imom Buxoriy islom olamining yetuk muhaddisi hisoblanadi. Uni muhaddislar imomi deb atashadi. Imom Buxoriyning «Sahihi Buxoriy» sahih hadislar to‘plami islom olamida eng ishonchli hadis manbaasi sifatida o‘rganiladi. Imom Buxoriy milodiy 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan. 870 yilda esa hozirgi maqbarasi joylashgan Samarqand hududidagi Xartang qishlog‘ida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?