
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unda ko‘ra, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining respublikada farmatsevtika biotexnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyati qo‘llab-quvvatlansin va uning ushbu yo‘nalishdagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
• immunobiologik preparatlar (vaksinalar, zardoblar, test-diagnostikumlar va boshqalar) bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularni amaliyotga joriy etish;
• mamlakatning biologik xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
• vaksina-zardob ishi bo‘yicha infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika, diagnostika, dori vositalari va preparatlarini yaratish, ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish;
• ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida biotexnologiya, immunologiya va mikrobiologiya sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.
O‘zbekiston RespublikasiToshkent shahriBiotexnologiyalarVaksinalarFarmatsevtikaBiologik xavfsizlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar