Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish xizmatidan foydalanish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma tayyorlandi.
Har bir inson yaxshi sharoitda va qulay imkoniyatlardan foydalanib yashashni istaydi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) esa aholiga eng kerakli xizmatlarni taklif qilishda davom etmoqda.
Xabaringiz bo‘lsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga turish ham elektronlashgan edi. Avtomatlashtirilgan ushbu xizmat my.gov.uz orqali tezkor amalga oshiriladi.
Bunda ko‘chmas mulk ob’ektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo‘lgan ob’ektlarga doimiy ro‘yxatga qo‘yish mumkin.
Xizmatdan:
- Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (xususiy mulk qilib olingan uy-joyga);
- Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar (Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etganda);
- Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar (Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etganda) foydalanishlari mumkin.
Aholiga yanada yengilroq bo‘lishi uchun xizmatdan foydalanish tartibi yuqoridagi videoda qadamma-qadam tushuntirib o‘tiladi.
Xizmatdan foydalanish uchun esa quyidagi havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/363 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
O‘zbekiston bosib olingan Falastin hududidan Isroil qo‘shinlari chiqib ketishiga ovoz berdi
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin
Yevroittifoq elchisi ishga qanday transportda boradi?