1 910
Rossiyalik immunolog niqoblar koronavirus yuqish xavfini 1,5 foizgacha kamaytirishini ma’lum qildi
Foto: DW
Koronavirusga chalingan inson va u bilan muloqotda bo‘lgan sog‘lom odamning ikkisida ham himoya niqobi bo‘lsa, virusning yuqish xavfi 1,5 foizgacha kamayadi. Bu haqda rossiyalik immunolog, akademik Aleksey Tutelyanga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
«Koronavirusga chalingan inson niqob taqsa, ijtimoiy masofalanishga rioya qilgan holda uning yonida turgan odamga kasallik yuqishi 5 foizni tashkil etadi, agarda ikkalasi ham niqobda bo‘lsa — 1,5 foiz».
Shu bilan birga, akademikning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom va COVID-19’ga chalingan odamning ikkisi ham niqob taqmagan bo‘lsa, virusning yuqish xavfi 7 foizgacha ortadi.
«Aynan shu sababli hukumatimiz, ‘Rospotrebnadzor’ tinmasdan niqob taqish zarurligi haqida gapirmoqda», — deya ta’kidlaydi Tutelyan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti iyun oyida jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni tavsiya qilgandi. Tashkilot bungacha niqobni faqat kasallanganlarga tavsiya qilib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi