15:05 / 27.11.2020
2 312

Oqdaryoda tanishining mashinasini olib qochgan «shovvoz» YTHga uchradi

Oqdaryoda tanishining mashinasini olib qochgan «shovvoz» YTHga uchradi
2 noyabr kuni Feruz N. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinani boshqarib, tanishlari 33 yoshli Olim M., va 30 yoshli Jasur P., lar bilan birga Oqdaryo tumanidagi oshxonaga borib, tanishlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.

So‘ng mast holatdagi tanishi Jasur P., unga tegishli bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasining eshigi qulflanmaganligidan va o‘t oldirish kaliti turganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochgan. U Oqdaryo tumani Bolta qishlog‘ining ichki yo‘lida boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 24 noyabr kuni Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qo‘yish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oqdaryoda tanishining mashinasini olib qochgan «shovvoz» YTHga uchradi