Davlat rahbari Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu korxona texnik va texnologik jihatdan xalqaro miqyosdagi yirik majmualar qatoriga kiradi. Bu yerda Italiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Shveysariya, Janubiy Koreya kabi 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish, nazorat qilish va boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan.
Eng muhimi, zavodda «yashil» texnologiyalar qo‘llangan. Chiqindilarni qisqartirib, qat’iy ekologik me’yorlarga amal qiladigan, chiqindi gazlarni ushlab qoladigan, oqova suvlarni tozalaydigan va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlangan.
Majmua mutasaddilari ishlab chiqaruvchilar bilan yo‘lga qo‘yiladigan kooperatsiya aloqalari haqida ma’lumot berdi. Zavod mahsulotlariga hozirning o‘zidayoq o‘nlab korxonalardan buyurtmalar tushayotgani aytildi.
— Metall muammo bo‘lgani uchun sanoatda zanjir yo‘q edi. Bu zavod ishga tushishi bilan talab yuqori bo‘lgan metallurgiya mahsulotini ishlab chiqarish zanjiri shakllanadi. Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilishi uchun juda katta zamin bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari zavodning shourumida ham bo‘lib, bu yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.
Esdalik uchun daraxt ko‘chati ekildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi