3 263
UZB raqamli Toyota haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun jarimaga tortildi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Toshkentda 01 025 UZB maxsus seriyali raqam belgili Toyota Land Cruiser avtomobili haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 6 dekabr, yakshanba kuni soat 13:11 larda Toshkentning Yunusobod tumani Xurshid ko‘chasida sodir bo‘lgan. Toyota Land Cruiser rusumli, 01 025 UZB davlat raqam belgili transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlangani atrofdagi fuqarolardan birining boshqaruvidagi transport vositasi videoregistratorida qayd etilgan. Videoda Toyota yo‘ltanlamasining svetoforning qizil chirog‘ida avtomobillar oqimini yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagi bo‘ylab aylanib o‘tib, so‘ngra o‘ngga qayrilgani aks etgan. Fuqaro qoidabuzarlik videosini eJarima saytiga yuborgan.
Saytga kelib tushgan videolavha Toshkent shahar ma’muriy amaliyot mas’ul xodimi tomonidan o‘rganilgan va qoidabuzar haydovchiga nisbatan Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128—5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi…) 2-qismiga ko‘ra BHM ning 10 baravari (2,23 million so‘m) miqdorida jarima belgilangan.
Ma’lumot uchun, UZB maxsus harflardan iborat kombinatsiya davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlariga tegishli avtomobillarga o‘rnatiladi.
— Shukhrat (@bankir2102) December 8, 2020“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi