20:09 / 11.12.2020
2 900

MIB faoliyatidan: undirilgan jarima pullari ehtiyojmand oilalarga beriladi

MIB faoliyatidan: undirilgan jarima pullari ehtiyojmand oilalarga beriladi
Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm viloyati IIBB YHXB bilan hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Unda jarimalarni 60 kun ichida to‘lamagan haydovchilar aniqlanib, transport vositalari jarima maydoniga qo‘yilmoqda. Ularning soni 500 ga yaqinlashgan.

MIB xabariga ko‘ra, shu kungacha yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan jarimalarni to‘lamay yurgan qoidabuzarlardan davlat g‘aznasiga 1,4 mlrd. so‘m undirilgan.

Ushbu pul mablag‘lari proporsional tartibda, teng ravishda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB faoliyatidan: undirilgan jarima pullari ehtiyojmand oilalarga beriladi