
Ukrainaning “Odessa yuridik akademiyasi” Milliy universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Yangi tahrirdagi Ukraina fuqarolik kodeksi: asosiy tamoyillar” mavzusidagi Ilmiy-amaliy veb-konferensiyada Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov “O‘zbekistonda fuqarolik qonunchiligi islohotlari: sabablar va jarayonlar” mavzusida ma’ruza qildi.
A.Madaminov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish zaruriyati, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xorijiy tajribani o‘rganish va loyihani ishlab chiqish jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, loyihada nazarda tutilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berish bilan birga, ishtirokchilardan tushgan savolarga ham javob qaytardi.
Ilmiy-amaliy veb-konferensiyada, shuningdek, Ukraina va Niderlandiyalik olimlar, xususan Ukraina Milliy fanlar akademiyasining Intellektual mulk va uzatish texnologiyalari tadqiqot markazi direktori Kapitsa Yuriy Mixaylovich, Niderlandiyaning «Open University” universitetining xususiy huquq professori Viola Xeutger, “Odessa yuridik akademiyasi” Milliy universiteti professorlari, aspirantlari fuqarolik qonunchiligini isloh qilish masalalarida ma’ruza qildilar.
Ilmiy-amaliy veb-konferensiya yakunlari bo‘yicha “Odessa yuridik akademiyasi” Milliy universiteti tomonidan Ukraina va O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish masalalarida tajriba almashishni davom ettirish taklifi bildirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar