17:06 / 15.12.2020
4 125

Paxta tozalash korxonalarida to‘planib qolgan qarzdorliklar undirilmoqda

Paxta tozalash korxonalarida to‘planib qolgan qarzdorliklar undirilmoqda
Qarzdor “Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” aksionerlik jamiyatidan undiruvchi Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosisida Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi so‘rov xatlari yuborilgan.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” aksionerlik jamiyatidan undiruvchi Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 775 mln. 960 ming so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Huddi shunday, qarzdor “Zirabuloq paxta tozalash zavodi” aksionerlik jamiyatidan undiruvchi Narpay tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 mlrd. 300 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta tozalash korxonalarida to‘planib qolgan qarzdorliklar undirilmoqda