14:38 / 16.12.2020
2 782

Toshkentda ichimlik suvi keskin qimmatlashishi mumkin

Toshkentda ichimlik suvi keskin qimmatlashishi mumkin
Toshkent shahar hokimligi «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJning hozirgi kunda amalda bo‘lgan tarifini oshirishni taklif etmoqda.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan hujjat loyihasida qayd etilishicha, «Toshkent shahar suv ta’minoti» MCHJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd.so‘m hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd.so‘m zarar ko‘rdi.

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun Ishchi guruh tuzilishi so‘ralmoqda.

Yangi taklif etilayotgan tariflarda quyidagi narx darajalarida belgilash taklif etilayapti.

1 metr kub ichimlik suvi uchun tariflar:
- aholi, budjet va ulgurji iste’molchilar uchun (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) 310 so‘mdan 500 so‘mga (161,2%)ga;
- tijorat tashkilotlari uchun 730 so‘mdan 1500 so‘mga (205,4%) ga o‘sishi;

Shuningdek, kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:
- aholi, budjet va ulgurji iste’molchilar uchun (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) 250 so‘mdan 350 so‘mga (140,0%)ga;
- tijorat tashkilotlari uchun 460 so‘mdan 820 so‘mga (178,2%) o‘sishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ichimlik suvi keskin qimmatlashishi mumkin