“Tashkent city”da joylashgan Congress Hall majmuasida «Toshkent yoshlari forum — 2020»ning tantanali ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar deyarli qolmaganini ma’lum qildi.
“Butun dunyo koronavirus balosi bilan kurashmoqda. E’tibor bering, hurmatli prezidentimiz shu kasallik birinchi aniqlangan kundan boshlab Hukumatning oldiga og‘ir talablarni qo‘ydilar. Birontamizga tinchlik berganlari yo‘q, birontamizga bir kun ham dam bermadilar. Asosiy maqsad – xalqimiz sog‘ayib ketsin.
Bir so‘z bilan aytganda, sog‘liqni saqlash tizimiga shunchalik ko‘p pul berildiki, qiyosiy ma’noda buni 30 yil davomida tizimga ajratilgan puldan ham ko‘proq bo‘ldi.
Lekin natija bor o‘zingiz guvohsiz. O‘zbekistonda bugun koronavirus deyarli qolmadi. Chet eldan shifokorlar olib kelinib, eng dunyoni qimmat, kerakli bo‘lgan va shu kasallikni davolay oladigan dorilar yetkazildi. Dunyoning hamma yeridan alohida-alohida samolyotda pandemiyaning eng og‘ir davrida tibbiyot muassasalari uchun kerakli jihozlar keltirildi. Barcha duxturlar alohida o‘qitildi”, - dedi Behzod Musayev.
Ma’lumot uchun, 17 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 75 675tani tashkil qilmoqda.Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2102 nafar bemor davolanmoqda, shundan 169 nafari og‘ir, 33 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Inobat AHATOVA
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi