18:02 / 19.12.2020
1 861

“Neksiya-3”dagi pirotexnikalar manzilga yetib bormadi

“Neksiya-3”dagi pirotexnikalar manzilga yetib bormadi
Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalaridan foydalanish va uning noqonuniy savdosiga qarshi keskin choralar ko‘rilayotganiga qaramay ba’zi bir fuqarolar ushbu qing‘ir faoliyat bilan hali hanuz shug‘ullanib kelishmoqda.

Shu bois, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, kuzatuvga olingan fuqaro M.O. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi Chilonzor tumani hududiga kelib to‘xtagan vaqtida ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtotransport vositasining saloni va yukxonasida, sotish maqsadida olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 54 million so‘mlik, jami 230 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Neksiya-3”dagi pirotexnikalar manzilga yetib bormadi