Xonanda J. U. voyaga yetmagan Sh. M.ni nomusiga tekkanligi holati yuzasidan 9 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari bormoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voyaga yetmagan Sh.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etishib, J.U.ga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etishgan.
Murojaat Samarqand viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan o‘rganilib, ariza muallifi advokati M.Rustamova ishtirokida o‘zi rahbarligida viloyat prokuraturasi va IIB mas’ullari ishtirokida 2020 yil 18 dekabr kuni qabul qilinib, jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinganligi va tez kunlarda qonuniy qaror qabul qilishi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, ishda to‘plangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin