18:03 / 22.12.2020
2 404

O‘zbekistonlik dasturchilar «Mangu sarkarda» nomli birinchi tarixiy o‘yinni taqdimot qilishdi

O‘zbekistonlik dasturchilar «Mangu sarkarda» nomli birinchi tarixiy o‘yinni taqdimot qilishdi
Mobil, konsol va video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi o‘zbekistonlik dasturchilar guruhi – UIC Games Amir Temur haqidagi «Mangu sarkarda» nomli birinchi tarixiy o‘yinni namoyish etishdi.

Videoo‘yin taqdimoti 19 dekabr kuni Toshkent yoshlar forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda aytilishicha, «Mangu sarkarda» Unreal Engine texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan markaziy Osiyodagi ilk video o‘yindir.

Undagi harakatlar 14 asrdagi tarixiy faktlarga asoslanadi. Bunda tarixiy syujetlardan tortib kichik detallargacha aniqlikda ishlab chiqilgan. Qahramonlarning kiyimlari va qurollari uchun esa Amir Temur muzeyidagi eksponatlar o‘rganib chiqilgan.

«Mangu sarkarda» yuqori budjetli o‘yinlar sinfiga kiradi. Dastur mualliflarining aytishicha, videoo‘yin hozirgi holatga kelgunga qadar 29 kishilik guruh bir yil davomida ish olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik dasturchilar «Mangu sarkarda» nomli birinchi tarixiy o‘yinni taqdimot qilishdi