22:00 / 22.12.2020
2 953

Buxoroda yo‘lda ketayotgan «Jiguli»ning gaz balloni portladi

Buxoroda yo‘lda ketayotgan «Jiguli»ning gaz balloni portladi
Ijtimoiy tarmoqda «Buxoroda jigulining gaz balloni portladi» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabr kuni soat 17:30 larda, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, Ibn Sino ko‘chasida haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan J.R. «Vaz-21063» rusumli avtomobilni boshqarayotib «Dilkusho» kesishmasiga yetgan vaqtida transport vositasining gaz ballonida chaqnash sodir bo‘lgan.

Haydovchi shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur hodisa yuzasidan viloyat IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, chaqnash sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda yo‘lda ketayotgan «Jiguli»ning gaz balloni portladi