15:00 / 24.12.2020
2 740

Yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi

Yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan turli nayranglarni ishlatib, noqonuniy daromad ilinjida bo‘lgan fuqarolarga nisbatan keskin choralar ko‘rib kelinmoqda.

Jumladan, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi DXX xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xonadonlarning biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur uyda fuqaro X.X. tomonidan muqaddam yashirin sexlarda tayyorlanib olib kelinib, keyinchalik qadoqlab qayta sotish maqsadida tayyorlab qo‘yilgan, umumiy qiymati 294,3 million so‘mlik, qadoqsiz holdagi 153 kg. tabletkalar, 166 dona qutida 9960 qutida “ZINC+ vitamin S” nomli dori vositalari, 24 qutida “Magniy B6” nomli dori vositalari hamda 70 000 dona “ZINC+ vitamin S” nomli etiketkalarini noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi