Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlardan biri
Kompozitsiyani kalish ishlab chiqaruvchi xususiy korxona o‘rnatgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlardan keyin u demontaj qilindi. Kun.uz muxbiri korxona rahbari bilan bog‘landi.
O‘tgan hafta Qamchiq dovonida yumshoq kalishga bag‘ishlab kompozitsiya ochilgan, uning ochilish marosimidan olingan suratlar internetda tarqalgan edi. Kun.uz muxbirining aniqlashicha, kompozitsiya charm mahsulotlaridan oyoq kiyimlar ishlab chiqaradigan korxona tomonidan o‘rnatilgan.
Korxona ijrochi direktori Ayubxon Yahyoyevning aytishicha, ular o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning marketingi bo‘yicha noodatiy usuldan foydalanmoqchi bo‘lgan.
«Korxonamiz asosan kalish ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mahsulotimizni zamonaviy marketing usulida xalqqa yetkazmoqchi bo‘ldik. Shu maqsadda, odam gavjum bo‘ladigan, markaziy yo‘l – Qamchiq dovoniga kalish haykalini o‘rnatgan edik», – dedi korxona rahbari.
Haykal ochilganidan so‘ng uch kun o‘tib olib tashlandi.
Hozir kompozitsiya demontaj qilingan.
Kompozitsiya o‘rnatilgan joydan olib tashlanganidan so‘ng, Kun.uz muxbiri tashabbuskor korxona rahbari Ayubxon Yahyoyev bilan bog‘lanib, nima uchun bunday qilingani bilan qiziqdi. Biroq u savolga hech qanday izoh bera olmasligini bildirdi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rnatilgan mazkur kompozitsiya borasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan salbiy fikrlar sabab, hududdagi davlat boshqaruvi organlarining taklifi bilan kalish haykali olib tashlangan.
Qayd etish lozim, Qamchiq dovoni bo‘ylab yo‘l chetlarida va tog‘ qoyalariga o‘nlab tashkilotlar va brendlarning reklama yozuvlari joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi