O‘zbekistonlik 15 yoshli maktab o‘quvchisi 5 895 metrlik cho‘qqini zabt etdi

1 daqiqa o'qish52
O‘zbekistonlik 15 yoshli maktab o‘quvchisi 5 895 metrlik cho‘qqini zabt etdi

15 yoshli o‘zbekistonlik Asal Maksumova Afrikaning eng baland nuqtasi — 5 895 metrlik Kilimanjaro cho‘qqisiga chiqdi. Shu tariqa u O‘zbekistondan ushbu marrani zabt etgan eng yosh inson bo‘ldi. Bu haqda qiz o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Asal mazkur ekspeditsiyani O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlagan. Project Independence loyihasi doirasida tashkil etilgan safarda ishtirokchilar Kilimanjaroning mashhur Marangu yo‘nalishini tanlagan. Olti kun davom etgan ekspeditsiyada jamoa qariyb 72 kilometr masofani bosib o‘tgan. Ular nam tropik o‘rmonlar, baland tog‘ cho‘llari va qorli yonbag‘irlardan o‘tishgan.

Safarning eng og‘ir qismi cho‘qqiga chiqish bosqichi bo‘lgan. Ishtirokchilar qariyb 14 soat davomida yo‘l yurishgan. Bu vaqtda havo harorati minus 10 darajagacha pasayib, qor yog‘gan va kuchli shamol esgan.

Asal ekspeditsiya davomida milliy qadriyatlarimizni ham namoyon etgan. U jamoasi bilan 3 720 metr balandlikdagi Xorombo lagerida o‘zbek palovini tayyorlagan. Shuningdek, tog‘ bag‘rida uchta milliy raqsni ijro etgan.

7 noyabr kuni yosh alpinist Instagram sahifasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llab, mazkur natijasini O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlaganini aytgan.

«Umid qilamanki, o‘z yuksalishim orqali ko‘plab yoshlarni yangi tashabbuslarga ilhomlantira olaman», — degan Asal.

Ma’lumot uchun, Kilimanjaroning Uxuru cho‘qqisi dengiz sathidan 5 895 metr balandlikda joylashgan. Afrikaning eng baland tog‘ massivi hisoblangan Kilimanjaro 1987 yildan buyon YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?