17:30 / 28.12.2020
3 422

«Ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» — mast xodim xizmatdan haydaldi

«Ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» — mast xodim xizmatdan haydaldi
Foto: IIV matbuot xizmati
Telegramda «Bugungi ayrim IIO xodimlaridan birining ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.

IIV axborot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» — mast xodim xizmatdan haydaldi