14:20 / 29.12.2020
1 118

«Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» yo‘lida «Neksiya» avtomashinasi pastlikka quladi

«Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» yo‘lida «Neksiya» avtomashinasi pastlikka quladi
Foto: Ijtimoiy tarmoq
29 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» yo‘nalishida «Neksiya» pastlikka tushib ketdi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB matbuot xizmatiga ko‘ra, 27 dekabr kuni soat 10:30 larda, Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan «Oqqo‘rg‘on-Bo‘ka» avtomobil yo‘lida 1991 yilda tug‘ilgan B.H. «Neksiya-3» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib pastlikka ag‘darilgan.

Ag‘darilish natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur hodisa yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)