21:03 / 29.12.2020
2 420

Isroillik professor Eduard Yakubov Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi haqida

Isroillik professor Eduard Yakubov Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi haqida
Isroilning Xolon texnologiya instituti prezidenti, professor Eduard Yakubov «Dunyo» AA muxbiriga bergan intervyuda Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasiga o‘z munosabatini bildirdi.

— Prezident Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomasini katta e’tibor va qiziqish bilan tingladim. Pandemiya bilan bog‘liq og‘ir va sinovli yilda O‘zbekistondagi barcha muhim sohalardagi sa’y-harakatlar bir daqiqa ham to‘xtab qolmadi.

Oliy ta’lim va ilm-fan vakili sifatida Prezidentning O‘zbekiston universitetlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhimligi to‘g‘risida aytgan so‘zlarini qalbimga juda yaqin oldim. Gap ilm-ma’rifatning deyarli barcha yo‘nalishlarida eng so‘nggi yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi kelajakni bunyod etishi kerak bo‘lgan mutaxassislar haqida ketmoqda. Bu raqamli va teletibbiyotga ham tegishlidir. Koronavirusga qarshi kurashish jarayonida ushbu yo‘nalishning rivojlantirish ahamiyati, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlandi.

Bu, shuningdek, qishloq xo‘jaligida aqlli suv texnologiyalaridan keng foydalanish, kompyuterlar va kiberxavfsizlik, xo‘jalik yuritish va iqtisodiyotning boshqa ko‘plab sohalarini qamrab oladi. Ularning taraqqiyotini zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlarini ommaviy ravishda joriy qilmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Xolon texnologiya institutining prezidenti sifatida men O‘zbekistonning yetakchi universitetlari bilan yaqin va rivojlanib borayotgan hamkorligimizdan mamnunman. O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand, Buxoro va Urganch davlat universitetlari shular jumlasidandir. Gap tibbiyotda raqamli texnologiyalar, informatika, sanoat matematikasi, texnologiyalarni boshqarish va o‘qitish texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik haqida ketmoqda. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda turizm sohasida mutlaqo yangi yuqori texnologik platformani ishlab chiqayapmiz. Bu dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi ulkan auditoriyaga O‘zbekistonning minglab noyob tarixiy obidalarga ega ulkan ochiq osmon ostidagi muzey ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazishga yordam beradi.

2021 yil fevral oyida O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarining birinchi guruhi institutimizda onlayn o‘aklda informatika va sanoat matematikasini o‘rganishni boshlashidan xursandmiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonda o‘z filialimizni ochish imkoniyatini o‘rganayapmiz. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan yaqin va samarali hamkorligimizni qayd etishdan mamnunman. Ushbu hamkorlik bizning barcha loyihalarimiz va rejalarimiz muvaffaqiyatining kalitidir.

O‘zbekiston Prezidenti nutqidagi yana bir muhim yo‘nalish - bu o‘qituvchilarni tayyorlash va ushbu kasbning obro‘sini oshirish masalasi bo‘lganini ta’kidlashni istayman. Bu bolalar bog‘chasidan tortib yuqori ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim zanjirida yangi sifatga o‘tishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan asosiy vazifadir. Ushbu dolzarb sohada biz ko‘plab takliflarni oldga surish niyatidamiz. Gap Xolon texnologiya instituti dunyoda yetakchilar orasida turadigan ta’lim texnologiyalari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ketmoqda.

Vanihoyat, matematika professori sifatida men uchun Prezidentning matematik tadqiqotlar rolini oshirish va ushbu fan bo‘yicha eng yaxshi tadqiqotlar tanlovini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorining o‘ta muhim ahamiyatini ta’kidlamoqchiman. Zamonaviy yuqori texnologiyalar dunyosida matematikaning roli butunlay yangi yo‘nalishlar va yechimini kutayotgan vazifalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ravishda sezilarli darajada oshib bormoqda.

Prezident qaroriga binoan tanlov g‘olibiga beriladigan yuksak mukofot zamonaviy jamiyat asoslari sifatida matematikani yanada yuqori darajaga ko‘tarish uchun ajoyib rag‘bat bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.

Davlat rahbari nutqida keltirilgan ma’rifat, oliy ta’lim va ilm-fanning rolini izchil oshirishga qaratilgan barcha fikrlar o‘ta muhim va dolzarbdir. Ushbu qarorlar va harakatlar Beruniy va Xorazmiy, Ibn Sino va Farobiy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa buyuk mutafakkirlarning merosi va ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi bilan to‘la mos keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, serquyosh O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga 2021 yilda sog‘lik-salomatlik, muvaffaqiyat va omad tilayman! Yangi yil izchil o‘sish va farovonlik, umidlar ro‘yobga chiqadigan va barcha vazifalar bajariladigan yil bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Isroillik professor Eduard Yakubov Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi haqida