Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubning 30 dekabrdagi sessiyasida O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan ko‘zlangan ikkita muhim nuqtaga to‘xtaldi. Safoyevga ko‘ra, bu xavfsizlik va iqtisodiy siyosat masalalaridir.
«Afg‘onistonni O‘zbekiston uchun muhimligi nimada? Birinchidan, albatta xavfsizlik masalasi. Afg‘onistondagi tinchlik, u yerdagi terroristik, ekstremistik guruhlarga qarshi kurash, bu O‘zbekistonga bevosita chegaradosh bo‘lgan davlatlar hududida biz uchun xavfsizlik barpo etish omilidir.
Ikkinchi o‘ta muhim masala esa Afg‘on transport yo‘lagini yaratish. Buni ko‘p marta gapirganmiz, bu O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasi.
Chunki biz uchun eng yaqin bo‘lgan fors ko‘rfazi va hind okeanidagi dengiz portlariga Afg‘oniston orqali o‘tiladi. Prezidentimiz yirik davlatlar bilan ham nihoyatda katta ish olib boryaptilar. Ularni boshini qovushtirish qiyin, albatta.
Basharti, bu yo‘lak barpo etiladigan bo‘lsa, biz uchun transportga ketadigan xarajatlar 10 barobardan ko‘proq kamayadi.
Ayni paytda bizning eksport–import operatsiyalarimizning 20 foizgacha xarajatlari aynan transportga sarflanadi. Afg‘oniston orqali yo‘lak, albatta bizning ichki bozorimizning ham arzonlashishiga olib keladi», –– dedi rais o‘rinbosari.
Avvalroq, Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan transport yo‘lagini barpo etish boshlangani xabar qilingandi. Unda «bu loyihaning ro‘yobga chiqarilishi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga beqiyos xizmat qiladi», degan edi prezident Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda qancha odam ishga muhtojligi rasman ma’lum qilindi

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

16 fevral voqealari ishtirokchisi Zokir Rahimov Turkiyada qo‘lga olindi (video)

Harbiy xizmatchilar uchun yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda analog TV o‘chirilmoqda, raqamli TVga ulanmaganlar nima qilishi kerak?

“O‘zbekiston” teleradiokanalida “Muloqot vaqti” ko‘rsatuvi jonli ko‘rsatiladi