21:16 / 30.12.2020
3 165

Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligida «tozalash»ni boshladi

Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligida «tozalash»ni boshladi
Foto: Xalqaro press-klub
Davlat aktivlarini boshqarish agentligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 5ta hududiy boshqarma boshliqlari ishdan olingan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Agentlik direktori etib tayinlangan Akmalxon Ortiqov raisligida o‘tgan yig‘ilishda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmay, faoliyatida o‘zi bo‘larchilik va sansalorlikka yo‘l qo‘ygan agentlikning Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmalari rahbarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topilgan hamda vazifasidan ozod etildi.

«Agentlikning Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlariga ishdagi kamchiliklar uchun xayfsan e’lon qilindi.

Agentlik markaziy apparatining bir nafar boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 6 ta departament boshlig‘iga ishdagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilib, so‘nggi marotaba ogohlantirildi», — deyiladi agentlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, barcha rahbarlar uchun bir oy sinov muddati belgilandi, ishda o‘zgarish qilmagan rahbar va xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilishi belgilab olindi.

Ishdan bo‘shatilgan xodimlar prezident farmoni ijrosini bajarishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani ta’kidlangan. Jumladan, bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan, past rentabelli, faoliyatsiz korxonalarni tugatish ishlari yakuniga yetkazilmagan, davlat mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tizimga kiritish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, xususiylashtirish dasturi doirasida davlat mulki ob’ektlari o‘z vaqtida savdoga chiqarilmagan, aktivlarni xususiylashtirish tushum prognozlari to‘liq bajarilmagan, joylarda tashkil etilgan Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikalariga kelgan murojaatlarning ayrimlari elektron dasturga kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Akmalxon Ortiqov shu yilning 21 dekabr kuni agentlik direktori lavozimiga kirishgandi. U bunga qadar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligida «tozalash»ni boshladi