2021 yil 1 fevraldan boshlab, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Tegishli qaror 30 dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan. Shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham 10 foizga ko‘tariladi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2020 yil 1 fevraldan:
- bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 245 000 so‘m (hozirda 223 000 so‘m);
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (hozirda 679 330 so‘m) etib belgilanadi.
Bundan tashqari:
- 2 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi uchun nafaqa – oyiga 434 ming so‘m;
- kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan moddiy yordam 326–653 ming so‘m (hududlar kesimida turlicha) etib belgilanadi;
- 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 fevraldan ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshirilgan edi. 2020 yil 1 sentabrdan boshlab esa pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilgan.
Jarimalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda foydalaniladigan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 2020 yilda oshirilmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli fuqarolar soni qancha kishini tashkil etmoqda?

2021 yilda Toshkentda nimalar amalga oshiriladi? Jahongir Ortiqxo‘jayev javob berdi

Ai-80, Ai-90... Neft mahsulotlari uchun yangi soliq stavkalari belgilanadi

O‘qituvchilarning oylik maoshi oshiriladi

Yoqimtoy jonivorlar videosini tomosha qilish stressni 50 foizga kamaytirishi aniqlandi

Xorazmda «bola puli» tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi