16:46 / 05.01.2021
2 647

Ohangaron tumanida bir guruh shaxslar fermer xo‘jaligining 9 nafar ishchisiga hujum qildi

Ohangaron tumanida bir guruh shaxslar fermer xo‘jaligining 9 nafar ishchisiga hujum qildi
2020 yilning 25 dekabr kuni soat 20:30larda muqaddam sudlangan 30 yoshli A.F. tanishlari, 26 yoshli S.A., Sh.F., 25 yoshli X.S. va “Davron” ismli shaxslar bilan bir guruh bo‘lib, Toshkent viloyati Ohangaron tumani Shodmalik MFYda joylashgan fermer xo‘jaligiga kirgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular fermer xo‘jaligi qorovulxonasidagi oynani sindirib, oyna sinig‘i va o‘sha yerda bo‘lgan yog‘och tayoqlar bilan qurollanib, fermer xo‘jaligining 9 nafar ishchisiga hujum qilgan.

Xabarda aytilishicha, ular ishchilarni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, turli xil tan jarohatlari yetkazib, narxi 120 000 so‘mlik ikki dona “MAXVI” rusumli qo‘l telefoni va narxi 145 000 so‘mlik qora rangli kurtka, narxi 150 000 so‘m bo‘lgan “FLY” rusumli qo‘l telefoni, narxi 40 000 so‘mlik “Nokia 1110” rusumli uyali telefoni hamda narxi 180 000 so‘mlik “INOI” rusumli uyali telefonlarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada fermer xo‘jalik ishchilari turli tan jarohatlari bilan Ohangaron tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida yuqoridagi shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida talon-toroj qilingan buyumlar rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxslarning har biriga ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaron tumanida bir guruh shaxslar fermer xo‘jaligining 9 nafar ishchisiga hujum qildi