12:00 / 06.01.2021
3 989

Xakerlar: «To‘ra Bobolov, ‘tupoy’ xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik»

Xakerlar: «To‘ra Bobolov, ‘tupoy’ xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik»
Skrinshot: Surxondaryo viloyati hokimligi sayti
Surxondaryoda viloyat, shahar va tumanlarning rasmiy saytlari (jami 11 ta sayt) 6 yanvar kuni xakerlar hujumiga uchradi. Viloyat hokimligi axborot xizmati ushbu xabarni tasdiqlab, hozirda tuzatish ishlari ketayotganligini ma’lum qildi.

Viloyat hokimligi saytining bosh sahifasida qora fonda ushbu hujumni Clone Security guruhi amalga oshirgani to‘g‘risida yozuv paydo bo‘lgan.
Xakerlar saytda qoldirgan xabarida butun viloyat hokimligi tizimiga kirishganligini, viloyat hokimi «yaxshi mutaxassislarga e’tibor qaratmasa», uning yopiq qaror va farmoyishlari e’lon qilinishini aytgan.

«Clone Security» guruhi «Daryo» nashriga yuborgan murojaatida viloyat hokimligi AKT bo‘limida ishlaydigan xodim ikki hafta oldin hokimlik ishlari boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘z ish kabinetida o‘zaro kelishmovchilik sabab kaltaklaganligi aytilgan. 16 dekabr kuni holat yuzasidan xodim Prezident virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingan.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i AKT bo‘limi xodimiga Surxondaryo viloyati hududidan chiqib ketish shartini qo‘yganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning iyunida Clone Security xakerlar guruhi O‘zbekiston futbol federatsiyasining rasmiy saytiga ham hujum uyushtirgandi. O‘shanda federatsiya sayti, Twitter’dagi barcha akkauntlari va elektron pochta manzillari xakerlar tomonidan buzilgan. Undan avvalroq esa Clone Security O‘zMTRK saytini ham buzib kirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xakerlar: «To‘ra Bobolov, ‘tupoy’ xodimlaringiz sharofati bilan biz butun hokimiyat tizimiga kirib ulgurdik»