20:10 / 07.01.2021
1 984

Buxoroda ham oilalar yarashtirilmoqda

Buxoroda ham oilalar yarashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabr kunidagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan oilalarni yarashtirish, aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish va aliment to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarni chora ko‘rish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorlarning aliment majburiyatlari bo‘yicha mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida oilani tiklash yuzasidan er-xotin yarashuviga eshirildi.

Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 14.11.2020 yildagi ijro hujjatiga sosan qarzdor A.Ilyosovdan undiruvchi Sh.Shabonova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida er-xotin o‘zaro yarashishdi.

Shu bilan birga, bo‘lim ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 02.08.2017 yildagi qarzdor A.Sharipovdan undiruvchi A.Nodirova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ham undiruvchi va qarzdor yarashuviga erishildi. Ijro hujjatlari undiruvchiga qaytarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda ham oilalar yarashtirilmoqda