21:37 / 08.01.2021
2 033

MIB bayram muborak: o‘tgan davrda 53,3 trln. so‘m undirilib, 18 mingta oila yarashtirildi!

MIB bayram muborak: o‘tgan davrda 53,3 trln. so‘m undirilib, 18 mingta oila yarashtirildi!
8 yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari bayrami Majburiy ijro byurosi organlarida ham nishonlandi.
Tadbirda Majburiy ijro byurosi rahbariyati, markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar video-slektor tarzida masofadan ishtirok etishdi.

Aytish kerakki, Davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi.

Eng muhimi, bu haqdagi qonun Yurtboshimiz Prezident sifatida imzolagan birinchi qonundir. Prokuratura organlari xodimlarining kasbiy bayrami sifatida belgilangan kun prokuratura organlarida xizmat qiladigan barcha xodimlar, jumladan faxriylari qalbidagi orzu-umidlar ro‘yobga chiqqan qutlug‘ sanadir.

Byuro direktori X.M.Kabirdjanov o‘z nutqida, barcha xodimlarni kasb ayyomi bilan tabriklab, jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud va boshqa organ qarorlarini ijro etish orqali odil sudlovni ta’minlash borasida olib borayotgan samarali ishlarini yuksak qadrlashini bildirib o‘tdi.

Byuro organlari tomonidan o‘tgan davrda 53,3 trln. so‘m undirilib, o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan undiruv 22,3 trln. so‘mga yoki 72 foizga ko‘paygan. Byuro tashkil etilgan davrga nisbatan qoldiqdagi ijro hujjatlari soni 1 mln. 747 ming taga yoki 59 foizga kamayib, 1 mln. 207 ming tani tashkil etmoqda.

Dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lgan aliment qarzdorligini undirish masalasida tubdan o‘zgacha yondashuv tadbiq etilib, natijada 18 mingdan ziyod taraflarni yarashtirish asosida tamomlandi va oilalar qayta tiklandi. Shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qidiruvdagi 9 820 ta avtotransport hamda texnika vositalaridan 9 100 tasi topildi va 259,4 so‘m undirilishi ta’minlandi.

Byuro tashkil etilgandan buyon jami 581 468 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, shundan 234 795 tasi ijobiy hal qilingan. Tadbirda, MIB xodimlarining 27 nafari Bosh prokuror hamda 35 nafari Byuro direktori tomonidan rag‘batlantirilib, 400 nafardan ortiq ortiq xodimlarga navbatdagi va dastlabki darajali unvonlar berildi.

So‘z oxirida, Byuro direktori Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, olijanob xalqimizning haqiqiy himoyachisi, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlaringizda zafarlar yor bo‘lishini tilab qoldi.
Biz ham katta hajmli armiya hisoblangan va mas’uliyatli ish olib borayotgan MIB xodimlarini kasb ayyomi bilan qutlab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB bayram muborak: o‘tgan davrda 53,3 trln. so‘m undirilib, 18 mingta oila yarashtirildi!