10 dekabr kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgan.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, hozirda voqea joyga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati turarjoy, dastlabki 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi