O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi:
- qonun hujjatlariga rioya qilinishi;
- fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;
- odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi;
- huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi;
- mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;
- hokimiyat institutlarining shaffofligi.
Qaror bilan Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aks ettiruvchi 32 ta indikator ham tasdiqlandi.
Indeks “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali aniqlanadi.
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi 182 ta mezonga asoslanadi:
- statistik ma’lumotlarga asoslanuvchi 111 ta mezon bo‘yicha ma’lumotlar Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari kabi 24 ta tashkilot tomonidan yuritiladi;
- sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra shakllantiriluvchi 71 ta mezonning 49 tasi bo‘yicha so‘rovlar aholi o‘rtasida, 22 tasi soha mutaxassislari (sudyalar, tadbirkorlar, jurnalistlar, advokatlar, mahalliy deputatlar, jamoat tashkilotlari) o‘rtasida o‘tkaziladi.
Axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar har yili 1 mayga qadar umumlashtirilib, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi tuziladi.
Adliya vazirligi tomonidan indeks bo‘yicha ma’lumotlar har yili 15 mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga kiritib boriladi hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
2020 yil uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash ishlari 2021 yil 1 iyulga qadar yakunlanadi va natijalari e’lon qilinadi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?