1 992
Jahongir Ortiqxo‘jayev mol-mulki va daromadlari bo‘yicha deklaratsiya topshirib borishga tayyorligini ma’lum qildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishlab chiqqan qonun loyihasida mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladigan mansabdor shaxslarning barcha toifalari qamrab olingani, ularning orasida prezident va bosh vazir ham borligi ma’lum qilingan edi.
Kun.uz Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning Aksilkorrupsiya agentligi tayyorlagan qonun loyihasiga munosabati, basharti qonun kuchga kirgan taqdirda, mol-mulki va topayotgan daromadlari bo‘yicha har oyda deklaratsiya topshirib borishi yoki bormasligi bilan qiziqdi.
«O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun qonunchilikdagi barcha talablar bajarilishi lozim. Qonunda belgilangan har bir talab albatta bajariladi. Bu rivojlangan davlatlarda sinovdan o‘tgan ijobiy amaliyot. Barchamiz mamlakatimizda ochiqlik, oshkoralik tamoyillariga to‘liq rioya qilishimiz zarur», – deya Jahongir Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Namozboyev hozirda ushbu loyiha kelishish uchun tegishli organlarga kiritilganini aytgan edi.
«Mansabdor shaxslarning barcha doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar – quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Ya’ni prezident, bosh vazir... Umuman, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika tashkilotlari, hokimliklar, sud, prokuratura – ularning barchasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilishi] nazarda tutilgan», – degan edi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi