
Majburiy ijro byurosi Nishon tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 16.09.2014 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor O.Qarshiyevdan undiruvchi S.Ahmedova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun u voyaga yetguniga qadar har oydagi ish haqi va boshqa turdagi daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor O.Qarshiyev davlat ijrochisining ogohlantirishlari hamda alimentni o‘z vaqtida to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari haqidagi tushuntirishlaridan so‘ng 37 oy uchun ya’ni 2018 yildan buyon to‘lamay kelayotgan 14 mln. 700 ming so‘m pullarini birato‘la to‘lab berdi.
Uktam Bekmurodov
MIB Nishon tuman bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! MIB Nishon tuman bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar