21:30 / 14.01.2021
2 174

Nurafshon hokimi lavozimidan ozod etildi

Nurafshon hokimi lavozimidan ozod etildi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati
Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov egallab turgan lavozimidan olindi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligiga tayanib «Gazeta.uz» xabar qildi.

Ma’lumot uchun, Qahramon Hakimov 2019 yilda Nurafshon hokimi etib tayinlangan edi. U 1971 yil 15 iyunda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan.

Ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yilda «ToshuyjoyLITI» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurafshon hokimi lavozimidan ozod etildi